Sohil kurash bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Kurash Federatsiyasi
Kurash federatsiyasi arxividan

            2-9 iyun kunlari Namangan viloyatining Yangiqo’rg’on tumani Zarkent qishlog’ida Sohil kurash sport turi bo’yicha kattalar, yoshlar va o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazildi.
            Musobaqada 1700 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
            Musobaqaning rasmiy ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirdjanovich Abdurazakov so’zga chiqib yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyevning sportga, xususan kurash sport turini yanada rivojlantirishga qaratayotgan yuksak e’tibori sabab sportchilarimiz jahon maydonlarida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritayotganini e’tirof etdi. Namangan viloyati mezbonlik qilayotgan Sohil kurashi bo’yicha chempionat har yili yuqori saviyada tashkil etib kelinayotgani, eng mahoratli kurashchilarning g’alabalariga barcha guvoh bo’layotganini ta’kidlab, musobaqani rasman ochiq deb e’lon qildi.
             Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirdjanovich Abdurazakov hamda Namangan viloyati prokurori Umirbek Muxammadovich Madraximovlarga kurash sporti rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun O’zbekiston Kurash federatsiyasi raisi Nig’matilla Yo’ldoshevning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan
Barcha yangiliklar