Ko’hna qit’aning yuragida joylashgan Parij shahri, Centre Sportif Emile Anthoine maydonida kurash sporti bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turniri bo’lib o’tdi.
Musobaqaning ochilish marosimida yurtimizning Fransiyadagi elchisi Nodir Ganiev hamda Yevropa kurash konfederatsiyasi prezidenti Janob Merampi Iliadislar so’zga chiqib mazkur turnir yildan-yilga nufuzi va geografiyasi kengayib, dunyoning eng kuchlilarini o’ziga rom etib kelayotganini ta’kidladi.
Jumladan, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan sport, jumladan kurashga berilayotgan e’tibor va yaratilgan beqiyos sharoitlar sabab bugun milliy sportimiz tom ma’noda o’zbekistonlik hamda xorijlik sportchilar uchun bellashuvlar, halollik, intizom, epchillik kabi yuksak hislatlarning in’ikosi bo’lgan kurashni yangi cho’qqilarni zabt etishi uchun asos bo’layotganligi ham e’tirof etildi.
Mazkur nufuzli musobaqa davomida Fransiyada yashab kelayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng namoyon va targ‘ib qilish maqsadida o‘zbek milliy hunarmandlari, oshpazlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda o‘zbek san’atkorlari tomonidan kontsert dasturlari namoyish etildi.
Xalqaro turnirda g’olib va sovrindor bo’lgan sportchilar ro’yxati.
Erkaklar
90 kg
Sadinov Samandar – O’zbekiston
Melih Topcu – Turkiya
Qozoqov Jonibek – O’zbekiston
Fereol Alexandre – Fransiya
+90 kg
Jo’rayev Sherali – O’zbekiston
Papanikolaou Panagiotis – Gretsiya
Oltiboyev Bekmurod – O’zbekiston
Caillon Cedric Benjamin – Fransiya
Ayollar
70 kg
Rachael Hawkes – Buyuk Britaniya
Schuhlein Isabelle – Germaniya
Hebert Nolwenn – Fransiya
Stamouli Christina – Gretsiya
+70 kg
M’bairo Anne – Fransiya
Nun Chloe Jessica – Buyuk Britaniya
Mill Aylin – Germaniya
Kubranur Esir – Turkiya
#Kurash #Paris2026 #PresidentCup #UKF

